UzSciNet    Перейти

     English site  |      Русский сайт Go
 
bosh > homiylar > BMTRD / UNDP



ссылки по теме:

сайт Программы Развития ООН в Узбекистане
международный сайт Программы Развития ООН
описание проекта UZB 099/16
(в формате Microsoft Word)

 

 

BMTning rivojlanish Dasturi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yili 24 oktyabrda 51 mamlakat tomonidan xalqaro hamkorlik va jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash orqali tinchlikni saqlash maqsadida tuzildi. Hozirgi kunda dunyoning 189 davlati Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosidir.

Òzbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatxonasi 1993 yilda ochilgan. 1994 yili esa ayrim dasturlar, ya’ni atrof-muhitni himoya qilish, xususiy sektorni xususiylashtirish va rivojlantirish, madaniyat sohalarida loyihalar amalga oshirila boshlandi.

BMTRD faoliyati tufayli Òzbekistonda tranzit yuk tashish va kommunikasiya sohalarida kòplab muammolar òz echimini topdi, jumladan, kòpriklar va yangi magistrallar qurildi. Buning natijasida Markaziy Osiyo mintaqasi Sharq va Ġarb, Shimol va Janubni boġlovchi bòġin sifatidagi vazifasini mustahkamlab oldi.

BMT ning katta kòmagi iqtisodiyot sohasidagi islohotlarni qòllab-quvvatlashda ham namoyon bòlmoqda. BMTning bu boradagi faoliyatining asosiy dasturi bu - YUNIDO. BMT Rivojlanish Dasturining falsafasi - ushbu tashkilotning dasturlari qaysi davlatda amalga oshirilayotgan bòlsa, òsha mamlakatning hukumat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilishdir. Shu tariqa BMTRD (UNDP), Qochoqlar bòyicha oliy komissariyati vakolatxonasi (UNHCR), Aholishunoslik jamġarmasi (UNFRA), Bolalar jamġarmasi (UNICEF), Narkotiklarni nazorat qilish va jinoyatlarni oldini olish agentligi (UNODCCD), UNECKO (UNESCO) kabi agentlik va dasturlar vakolatxonalari ochilib, faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda taraqqiyotga intilish borasida peshqadam bòlib Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi (BMTRD) bormoqda. Inson salohiyatini barqaror rivojlantirish maqsadida ajratiladigan subsidiyalarni taqdim etish borasida BMT yirik keng qamrovli mexanizm hisoblanadi. U òz faoliyatini dunyoning 174 mamlakatida amalga oshiradi. Jumladan, sa’y-harakatlarini texnikaviy hamkorlikka komaklashishga va kambaġallikni bartaraf etishga intiladi.

Информация, размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.

Manzilimiz:

Toshkent, 700084, 
G.Mavlonov ko`chasi, 2

Tel.   (998) 71 137-60-55
Faks: (998) 71 137-60-54

E-mail: info@uzsci.net

UzSciNet loyihasi homiylari:

   United Nations Development Program  North Atlantic Treatment Organisation   

Virtual Silk Highway project

UzSciNet hamkorlik:

  
         
Research and Education in Uzbekistan    
WWW.UZ