UzSciNet    Перейти

     English site  |      Русский сайт Go
 
bosh > xizmatlar > UzSciNet tizimiga ulanish



UzSciNet tizimiga ulanish

UzSciNet tizimiga ulanish tòġrisida ariza bergan va ijobiy javob olgan tashkilotlar unga ulanish huquqiga ega bòladi. Ijobiy javob olinganidan keyin bizning xodimlarimiz siz bilan boġlanadi va navbatdagi xatti-harakatlar rejasini belgilab olishadi. UzSciNet tizimiga ulanish huquqiga ega bòlgan tashkilotlar tarmoq benefisariysi maqomiga ega bòladi va keyinchalik UzSciNet xodimlarining xizmatlaridan keng foydalanish mumkin.

UzSciNet tizimi abonenti bòlgach, siz internet va tizimning ichki resurslaridan foydalanish imkoniga ega bòlasiz. Ulanish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin - oddiy modem (dial-up) va ajratilgan liniya orqali amalga oshirilishi mumkin. Asosiy ulanish usuli - dial-up. Ajratilgan liniya bòyicha faqat òz lokal tarmoġining UzSciNetga ulanishi zaruriyatini asoslagan tashkilotlargina ulanadi. Alohida mashinalar ajratilgan liniyalar bòyicha ulanmaydi. Ajratilgan liniya bòyicha ulangan hollarda tashkilot UzSciNet mutaxassislari tomonidan kor'satilgan muayyan nuġtagacha bòlgan jismoniy kanalni tashkil etish xarajatlarini òz zimmasiga oladi va ulash uchun barcha kòrsatilgan jihozlarni taqdim etadi. Jihozlar ròyxati har bir loyiha bòyicha individual tartibda tuziladi. Batafsil axborot UzSciNet xodimlari tomonidan beriladi.

Dial-up bòyicha ulanishda tashkilotning mas'ul xodimi foydalanuvchining alohida nomiga, 5 megabayt hajmidagi, POP3, IMAP protokollari bòyicha hamda UzSciNet saytida Personal kabinet bòlimdagi veb-interfeys orqali foydalanish imkonini beruvchi pochta qutisiga ega bòladi. Foydalanuvchining nomi bilan birga xizmatlaridan foydalanish paroli ma'lum qilinadi. Parolning sir tutilishi bòyicha barcha javobgarlik ushbu parol ma'lum qilingan tashkilotning ma'sul xodimi zimmasidadir.

Diqqat! UzSciNet mutaxassislar tomonidan parol oshkor bòlgani aniqlansa, xizmatlardan foydalanish tashkilot tomonidan parol oshkor qilinishining ob'ektiv sabablari kòrsatilib, keyinchalik bunday holatlar takrorlanmasligi bòyicha choralar kòrilmagunicha tòxtalib turiladi. Iltimos, saytimizda e'lon qilingan internetda ishlash xavfsizligi bòyicha maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

UzSciNet tizimidan foydalanish tashkilot tomonidan imzolangan bitim bòyicha bajarilgani tufayli UzSciNet mutaxassislari tomonidan tashkilot trafiki monitoringi va tahlili amalga oshiriladi. Bitimda kòrsatilgan alohida hollarda UzSciNet oldindan ogohlantirmagan ravishda tizimdan foydalanishni tòxtatib qòyish huquqiga ega.

Информация, размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.

Manzilimiz:

Toshkent, 700084, 
G.Mavlonov ko`chasi, 2

Tel.   (998) 71 137-60-55
Faks: (998) 71 137-60-54

E-mail: info@uzsci.net

UzSciNet loyihasi homiylari:

   United Nations Development Program  North Atlantic Treatment Organisation   

Virtual Silk Highway project

UzSciNet hamkorlik:

  
         
Research and Education in Uzbekistan    
WWW.UZ