Tarix
Òzbekistonning ilmiy va ta’lim UzSciNet tizimi Toshkent Fizika-Texnika instituti
olimlari tomonidan 1997 yilda Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
turli tashkilotlarini Internetga ulangan yagona tarmoġini yaratish uchun tashkil
etildi.
Mazkur tarmoqqa NATO Ilmiy qòmitasi tomonidan berilgan
NIG951398 granti asos bòldi. Berilgan moliyaviy mablaġga UzSciNet tizimini
boshqarish markazining yaratilishiga asos bòlgan dastlabki jihozlar xarid qilindi.
SUN ULtraSparc-1 va Netra serverlari, RAD firmasi marshurizatori va qòshimcha
tizim jihozlari xarid qilindi. Tashqi kanal Rossiyaning “Sovam-Teleport” kompaniyasining
Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan kanalning tezligi 19.2 Kbps bòlgani holda
tashkil etildi. Boshqaruv markaziga yaqin joylashgan Òzbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasining qator institutlari tizimning dastlabki foydalanuvchilari
bòldi. (Fizika-Texnika instituti, Materialshunoslik instituti, Astronomiya
instituti). Shuningdek, uchta liniyaga mòljallangan modem puli tashkil etilib,
unga “dial-up” rejimida ishlovchi foydalanuvchilar kirish imkoniga ega bòldi.
Hozirgi kunda tizim Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining deyarli
barcha institutlariga jahon axborot maydoniga kirish imkonini berdi va ular
ilm-fanning turli sohalariga oid ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bòldi.
1970 yilning boshida Toshkentda Ochiq Jamiyat Instituti (Soros
jamġarmasi) vakolatxonasi faoliyat kòrsata boshladi. Institut rahbariyati
UzSciNet tizimi ishi bilan qiziqib, 1998 yilda birinchi grantni ajratdi. Shu
grant hisobidan boshqaruv markazi uchun qòshimcha jihozlar, jumladan, 8 liniyaga
mòljallangan modem puli va Cisco 2552 marshrutizatori xarid qilindi. Bu paytga
kelib 28.8 Kbpsgacha kengaytirilgan tashqi kanal uchun haq tòlandi. Qòshimcha
kanal tariqasida ilk bor Zaknet tizimi, sòngra DirecPC tizimi qòllanildi.
Ushbu grantning shartlaridan biri Ochiq Jamiyat Instituti tavsiya qilgan turli
tashkilotlarga Internetdan foydalanish imkonini yaratishdan iborat edi. 1998
yilning oxiriga kelib tarmoqdan foydalanuvchilar soni yuzdan ortdi, tarmoq xizmatidan
esa FA va boshqa tashkilotlarning 200 dan ziyod xodimlari foydalana boshladi.
1999 yilning boshida NATO Ilmiy qòmitasi NIG974531 yangi grantini ajratdi.
Tarmoqni yanada kòlamli kengaytirish, shuningdek, yangi tashqi kanalni tashkil
etish rejalashtirildi. Chunki Sovam-Teleport orqali òtuvchi avvalgi kanal uzatish
tezligi va qiymati bòyicha ehtiyojni qondirmay qoldi. Shu davrda Ochiq Jamiyat
Instituti Òzbekistonda Internetni qòllab-quvvatlashning yangi dasturini qabul
qildi va UzSciNetni baza tarmoġiga aylantirdi.
Shu yilning kuzida BMT Rivojlanish Dasturi va Ochiq Jamiyat
Instituti “Internet - texnologiyalarni rivojlantirish va ularni Òzbekistonda
ommalashtirish uchun salohiyat yaratish” qòshma loyihasini amalga oshirish
tòġrisida kelishib olishdi (UZB99/16 loyihasi). Ushbu loyiha asosan mamlakatda
ilm-fan va maorifga mòljallangan tarmoqni yaratishga yònaltirilgan. Internetdan
foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan. Mamlakatning ijrochi agenti sifatida
Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tanlandi. Zero, uning doirasida
UzSciNet tarmoġi yaratilgan va amal qilayotgan edi. 2000 yilning fevralida
ushbu loyiha imzolandi va UzSciNet yanada rivojlana boshladi.
“Internet - texnologiyalarni rivojlantirish va ularni Òzbekistonda ommalashtirish
uchun salohiyat yaratish” loyihasidan kòzlangan maqsad Òzbekiston Respublikasining
ilmiy va òquv muassasalarining lokal tarmoqlarini birlashtirgan holda Internetdan
foydalanishning tayanch tizimini yaratish, axborot texnologiyalari sohasida
mutaxassislarni òqitish va tayyorlash. Toshkentda va viloyat markazlarida ta’lim
markazlarini yaratish, Òzbekistonning ilmiy va madaniy qadriyatlari tòġrisidagi
ma’lumotlarni ommalashtirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalanishi
tamom bòlganidan sòng mustaqil faoliyat yurituvchi, òz-òzini qoplovchi notijorat
tuzilmasini yaratish. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida Internetdan
Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 52 ta ilmiy-tadqiqot instituti,
13 ta oliy òquv yurti, 5 kollej foydalana boshladi. 200 dan ziyod foydalanuvchi
“dial-up” rejimida, modem pulining umumiy siġimi 38 raqamdan iborat bòlgani
holda internetdan foydalanish mumkin. Hammasi bòlib, 1000 nafar UzSciNet tizimidan
foydalanuvchi bor.
2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida CISCO lokal akademiyasi yaratilib, ta’lim markazi ochildi. Qòshimcha moliyalash Òzbekiston Kòmak
Jamġarmasi Ochiq Jamiyat Instituti tomonidan amalga oshirildi, NATO Ilmiy qòmitasi
NIG 974531 granti bòyicha moliyalashni davom ettirdi. UzSciNet xodimlari tegishli
ta’lim olib, CISCO trenerlari sertifikatlariga ega bòldi. BMT Rivojlanish Dasturi
Ochiq Jamiyat Instituti va Òzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi oliy
toifadagi tarmoq mutaxassislari uchun birinchi virtual ta’lim sessiyasi bòlib
òtdi.
Ayni paytda NATO Ilmiy qòmitasi ularning loyiha doirasida va UzSciNet tizimida
amalga oshirilishi sharti bilan bir necha grant ajratdi.
2001 yilning mayida Òzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mamlakatda
Internetni kelgusida yanada rivojlantirish tòġrisidagi qarori e’lon qilindi.
Ushbu qaror Òzbekistondagi vaziyatni tubdan òzgartirdi. 2001 yilning boshida
Òzbekistonda amalda faqat 30 nafar provayder faoliyat yuritgan bòlsa, yarim
yil ichida ularning soni 100% ga ortdi. Internetdan Respublikaning bir necha
yuz ming fuqarosi foydalana boshladi. Tashqi kanallarning umumiy tezligi 10
mbpsga etdi (qiyoslash uchun: 2000 yilning boshida tashqi kanallarning tezligi
faqat 3 mbpsni tashkil etar edi). Nafaqat poytaxtda balki viloyat markazlari,
kichik shaharlarda ham bir necha Internet-kafelar ochildi. Respublikada Internet
tarmoġining rivojlanishida UzSciNet tizimi muhim rol’ òynaydi.
Bugungi kunda UzSciNet xizmatlaridan Òzbekiston Respublikasining Milliy universiteti,
Moliya instituti, Texnika universiteti, Temir yòl Transporti Muhandislari instituti,
Toshkent Irrigasiya va Qishloq xòjaligini mexanizasiyalash instituti, Iqtisodiyot
universiteti kabi oliy òquv yurtlari foydalanmoqda. UzSciNet tizimi Òzbekiston
Respublikasining turli viloyatlarida joylashgan tibbiyot muassasalari, kutubxonalar,
nodavlat va notijorat tashkilotlariga internetdan faoydalanish imkoniyatini
yaratishga yònaltirilgan.
|