Domen nomlarni ròyxatga olish va ròyxatga olish bòyicha maslahatlar
Domen nomni ròyxatga olish murakkab texnik jarayon bòlmasa-da, ehtimol, ròyxatga
olish muvaffaqiyatli bòlishi uchun ushbu vazifani bizning mutaxassislarimizga
topshirishni ma’qul kòrarsiz. Shuni ta’kidlashni istar edikki, UzSciNet òz
zimmasiga domenlarni ròyxatga olinishi uchun haq tòlash vasifasini olmaydi
- tegishli haqni tashkilotning òzi tòlaydi.
Domenlarning xalqaro zonalarda ròyxatga olinishi
Domenlar xalqaro zonalarda ròyxatga olingan hollarda (.com,
.net, .org, .biz, .info,
.tv, .ws, .cc, .bz)
haq tòlash kredit kartochkasi orqali amalga oshiriladi; ròyxatga olish haqi
bir yil uchun 35 AQSh dollariga yoqin summani tashkil etadi (domenni ròyxatdan
òtkazayotgan zonaga boqlig ravishda).
Domenlarning .uz milliy zonasida ròyxatga olinishi
Domenlarning .uz zonasiga ròyxatga olinishi sòmlarda amalga
oshiriladi. Haq tòlash
domenlarni rasmiy ravishda .uz zonasida ròyxatga oluvchi tashkilot - Tomas
ma’suliyati cheklangan jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.
Domenlarning .uzsci.net, .maktab.uz, .ilim.uz, .fan.uz zonasida ròyxatga olinishi
Ayrim hollarda UzSciNet mutaxassislari sizning domeningizni bepul .uzsci.net, .maktab.uz, .ilim.uz, .fan.uz
zonasida ròyxatga olinishini taklif etishlari mumkin. Domen bu zonada mustaqil
ravishda ròyxatga olinishi mumkin emas. Agar siz òz domeningizni .uzsci.net, .maktab.uz, .ilim.uz, .fan.uz
zonasida ròyxatga olinishini istasangiz, Ròyxatga olish bòyicha maslahatlar
bòlimi bilan tanishing hamda mutaxassislarimizga unda kòrsatilgan barcha ma’lumotlarni
taqdim eting.
Mustaqil ravishda ròyxatdan òtish
Siz domeningizni mustaqil ravishda ròyxatdan òtkazmoqchi bòlsangiz, bu haqda
bizni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirishingiz
mumkin. Agar siz butun ròyhatdan òtish jarayonini mustaqil amalga oshirmoqchi
bòlsangiz, ròyxatdan òtish jarayonida DNS manzillari - UzSciNet tizimi serverlari
manzillarini bilishingiz kerak bòladi. Quyidagi manzillardan foydalaning:
Primary DNS Server
NS1.UZSCI.NET
145.7.77.76
Secndary DNS Server
NS2.UZSCI.NET
195.158.4.6
Ròyxatdan òtish bòyicha maslahatlar
Agar ròyxatdan òtish jarayoni sizga murakkab tuyulsa, siz domenni bizning
yordamimizda ròyhatdan òtkazishingiz mumkin. Buning uchun siz domen nomining
bir necha variantini tanlashingiz mumkin (agar birinchi variant band bòlsa)
yoki domen bandligini tekshirish xizmatidan foydalangan holda oldindan òz variantingizning
band yuki band emasligini tekshirishingiz mumkin (ushbu betning chap tomonida
keltirilgan shaklga muvofiq). Nom tanlanganidan sòng UzSciNet mutaxassisiga
quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:
Siz ròyxatdan òtkazishni istagan domen nomi
Ingliz tilida tashkilotingizning tòliq nomlanishi
Tashkilotning domenni qòllab-quvvatlash bòyicha moliyaviy va texnik savollarga
javob beradigan xodimining ismi, familiyasi va е-mail.
Ingliz tilida tashkilotning pochta manzili
Domen xalqaro zonalarda ròyxatga olingan hollarda tashkilot vakili UzSciNet
ofisiga u bòyicha haq tòlanadigan kredit kartochkasi bilan kelishi kerak.
Domen .uz zonasida ròyxatga olingan holda tashkilot vakili
bir hafta mobaynida е-mail orqali domenni ròyxatga olish tòġrisidagi shartnomani
tizish uchun Tomas mas’uliyati cheklangan
jamiyat ofisiga kelishi zarurligi tòġrisida ogohlantiriladi.
Domenni ròyxatga olish darhol amalga oshmaydi. Odatda yangi domen nomidan
2-3 kundan keyin foydalanish mumkin bòladi.
Информация,
размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную
собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается
только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.