Telekommunikasiyalar sohasidagi mashhur etakchi - Amerikaning Cisco
Systems kompaniyasi 1997 yilda “Tizim Akademiyasi” jamoatchilik-xususiy
dasturini (CiscoNetworkingAcademyProgram) yaratdi. U bugungu kunda dunyo bòyicha
8 mingdan ortiq òquv yurtlarini qamrab olgan va talabalarga onlaynli òquv
dasturlarini havola etadi. Ushbu ta’lim dasturi 133 mamlakatda, jumladan Bangladesh,
Kambodja, Mali, Chad va Kongoda faoliyat kòrsatadi. Hammasi bòlib, tizim akademiyasida
232 nafar talaba ta’lim olmoqda. Dasturdan kòzlangan maqsad - butun dunyoda
tobora òsib borayotgan komp’yuter tizimi mutaxassislariga bòlgan talabni qondirishdan
iborat.
U CCIE (Cisco Certified Internetwork Expert - tizimlararo ayirboshlash texnologiyalari
bòyicha sertifikasiyalangan Cisco eksperti) dasturiga asoslangan. Bugungi kunda
CCIE dunyoda tarmoq texnologiyalari bòyicha eng nufuzli dasturlardan biri hisoblanadi.
Ta’lim ikki bosqichda: mintaqaviy va mahalliy bosqichda amalga oshiriladi. Mintaqaviy
Cisco Qozoġistonning Olmaota shahrida joylashgan, u erda ta’lim beruvchi trenerlar
òqitiladi. 2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida Òzbekistondagi yagona mahalliy
sertifikasiyalangan CISCO tizim akademiyasi ochildi. Òsha paytda Ta’lim markazi
ham faoliyat kòrsata boshladi. Cisco akademiyasida ta’lim olish 4 semestrga
mòljallangan bòlib, ularning har biri 6 haftadan kam bòlmagan vaqtni, jami
6 oyni tashkil etadi. Akademiyani tamomlaganlar kurslarda ta’lim olganliklari
tòġrisida CISCO sertifikatini oladi, keyinchalik ularni dunyoning sertifikasiya
markazlaridan birida - VUE va Sylvan
Prometricda tasdiqlash kerak (bir yil mobaynida). Buning uchun haq tòlanadi,
biroq Akademiyani tamomlaganlar imtiyozlarga ega.
Siz Cisco Systems saytining tegishli bòlimida Tarmoq Akademiyasining taqdimoti
bilan tanishishingiz mumkin. 2000 yilda UzSciNet tizimi bazasida Òzbekistondagi
yagona mahalliy sertifikasiyalangan CISCO tizim akademiyasi ochildi. Òsha paytda
Ta’lim markazi ham faoliyat kòrsata boshladi.
Информация,
размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную
собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается
только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.