Òzbekistondagi UzSciNet ilmiy va ta’lim yònalishlaridan biri - tizimiy mutaxassislarni
òqitish. Shuning uchun 2000 yilda aynan UzSciNet tizimi negizida birinchi va
bugungi kunda Òzbekistonda yagona bòlgan CISCO mahalliy sertifikatlangan tizimiy
akademiya ochilganligi tabiiy hol. Òsha vaqtda òquv markazi ham faoliyat yurita
boshlagan edi.
CISCO mahalliy akademiyasi Olmaota shahrida joylashgan Mintaqaviy akademiya
bilan tuzilgan Shartnoma asosida faoliyat yuritadi. Òqitish jarayoni ikki darajada
amalga oshiriladi. Bu - mintaqaviy daraja bòlib, unda trenerlar tayyorlanadi,
boshqasi esa - mahalliy, unda tinglovchilar tayyorlanadi. Mahalliy akademiyada
tòliq òquv kursi tòrt semestrdan iborat. Ularning har biri bir yarim oyga
teng bòlib, ma’lum boblarni òrganishga baġishlangan. CISCO akademiyasida
tahsil oluvchilar guruhi haftasiga 2 marta mashġulotlarda ishtirok etadilar
va bu darslarning har biri 4 soatdan kam bòlmaydi.
Har bir tinglovchining ihtiyorida shaxsiy komp’yuter mavjud bòlib, mashġulotlar
yakka tartibda òtkaziladi. Semestr davomida har bir bob bòyicha oraliq testi
òtkaziladi. Nazariy mashġulotlar bilan bir qatorda amaliy kurs ham olib boriladi.
Unda tinglovchilar komp’yuterda ishlashni òrganadilar: komp’yuterni qanday
qilib tizimga ulash, sozlash kabi jarayonlarni òzlashtiradilar. Tinglovchilar
texnikaviy bilimga ega bòlishlari, tizimni tashkil etish fizikaviy tamoyillarni
bilishlari nazarda tutiladi. Ingliz tilini bilish - bu CISCO mahalliy akademiyasida
ta’lim olishning qat’iy talablaridan biridir. Har bir bobdagi materialni òzlashtirishdan
sòng tinglovchilar imtihon topshiradilar. Ta’kidlab òtish joizki, òquv jarayoni
har qanday professional texnikaviy faoliyat turiga qòyiladigan asosiy talablarga
muvofiq izchil olib boriladi.
Информация,
размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную
собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается
только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.