UzSciNet    Перейти

     English site  |      Русский сайт Go
 
bosh > ta’lim > Akademiyaning òquv dasturi



ссылки по теме:

Задайте вопрос, на который вы не нашли ответа

CISCO Tizimiy Akademiya Dasturi

Savol: Nima uchun Mahalliy Akademiyalar tòliq tòrtta kursni òtkazishlari lozim?

Agar òquvchilar dasturning barcha tòrtta semestrini òzlashtirmasalar, unda ular marshrutlashtiruvchi va kommutasiya qiluvchi TCP/IP tizimini amalga oshirish uchun yetarli darajadagi kònikmalarga ega bòla olmaydilar. Bundan tashqari ular Cisco Certified Networking Associate bòyicha imtixonda tayorlanish uchun zarur bilimlarni ololmaydilar. Biz ularni imtixonga puxta va tòliq tayyorlashga intilamiz.

Savol: Òquv rejasining nusxasi bilan tanishish mumkinmi?

Birinchi kursning nusxasi va òquv rejasining barcha tòrtta kursining kengaytirilgan rejasi bizning serverimizda mavjud. Namoyishini kòrishingiz mumkin.

Savol: Mahalliy va Mintaqaviy Akademiyalar òquvchi va òqituvchilari òquv dasturida ishtirok etish uchun qandaydir qòshimcha bilimlarga ega bòlishlari kerakmi?

Òquv dasturi òquvchilar tizimiy texnologiyalar tòġrisida hech qanday bilimga ega emasliklarini nazarda tutadi.

Savol: Mamlakatimizda ta’lim saviyasini muvofiqlashtiruvchi idora tomonidan Tizimiy Akademiya dasturini tasdiqlash ishlari qay darajada?

Har bir davlatda dasturni tasdiqlash uchun òzining talablari mavjuddir. Cisco dasturi xalqaro akkreditasiyadan òtkazish uchun mustaqil ravishda hech qanday choralar kòrmaydilar, lekin biz har bir mamlakatning hukumati bilan zarur akkreditasiyani olish uchun hamkorlik qilishda manfaatdormiz.

Savol: Keyingi kursni boshlash uchun oldingisini òrganish zarurmi va har bir kurs oldingisining davomimi?

Dastlabki kurslar keyingilarini òrganish uchun zarurdir va har bir kurs oldingisining davomidir. Kurslar shunday ishlab chiqilganki, dars berish jadvalini bloklab tashkil etilgan bòlsa, ular kuniga bir soat, haftasiga besh kunga mòljallangan.

Savol: Dasturda ishtirok etish uchun xonada qancha odam bòlishi kerak?

CISCO ning yagona talabi — har bir kompyuterga uchtadan kòp òquvchi bòlmasligi kerak. Guruhning eng maqbul soni - 20 kishi, lekin òttizta yoki 25 òquvchi bòlishi ham mumkin.

Savol: Òquvchilar internetdan kitoblarni chop eta olishlari yoki darsliklarni sotib olishlari zarurmi?

Biz internatdan òquv dasturni chop etib olishingiz tarafdori emasmiz. Chunki unda Quick Time filmlari va animasiyasi mavjud kòplab interaktiv elementlarini qamrab olgan. Hozirgi paytda òqituvchi va òquvchilar materiallarini real vaqt (online) rejimida ishlatadilar.

Savol: Kurs materiallaridan foydalanishni chegaralash qay darajada? Mintaqaviy Akademiya òquvchi òquv yurtidan tashqarida materiallardan foydalanishini nazorat qila olmaydi. Materiallarning mualliflik huquqlari himoyalanganmi?

Òquv rejasining mualliflik huquqlari himoyalangan. Kurs materiallari va internetdan chop etilgan ma’lumotlar òquv dasturlari kabi muhimdir.

Savol: Cisco kurslarning sonida cheklovlar bormi?

Yoq, hohlagancha òtkazishingiz mumkin, agar siz yana bitta laboratoriya kerak deb hisoblasangiz, siz unga ham ega bòlishingiz mumkin.

Savol: Biz hozirgi vaqtda òtkazayotgan kurslarda Cisco kursining bir qismidan foydalanishimiz mumkinmi?

Talabalarga ularda qiziqish uyġotish uchun kurs bòyicha ma’lumot berish mumkin. Lekin Cisco òz dasturidan boshqa òquv yurti foydalanishi va uni òzining amaldagi òquv rejasiga kiritishiga va natijada uni alohida fan qilishiga qarshi.
Bizning fikrimizcha, òquvchilarga umumiy materialni taklif etish mumkin, lekin u Cisco butun bir òquv rejasi sifatida òqitilishini bekor qilmasligi kerak.

Savol: Mintaqaviy akademiya axborot tizimlar bòyicha mutaxassislar va ma’muriy xodimlarni òqitish jarayonida materiallardan foydalanishi mumkinmi yoki ularni faqat òquv dastur jarayonida qòllashlari mumkinmi?

Dasturning faqat òquv maqsadlarda emas, balki boshqa jarayonlarda, ya’ni ushbu dastur asosida tayyorlangan axborot tizimlar bòyicha mutaxassislari òquv yurtlarida mavjudligi juda katta afzallikdir. Dasturni òzlashtirgan xizmatchilar òquvchilar bilan ish olib borishlari mumkin.

Savol: Cisco kurslari faqat sertifikat olish uchun qòllanilishi mumkinmi yoki ularni ikki yillik mutaxassislar tayorlash òquv rejasiga ham kiritish mumkinmi (quyidagiga albatta boshqa kurslar ham kiradi)?

Kelajakda mutaxassislarni tayyorlash bilan shuġullanmoqchi bòlganlar uchun Trening - Hamkor - Cisco tayyorlov dasturi mavjud. Cisco instruktorlari tayyorlash guruhi yangi trening - hamkorlarni tayyorlashda manfaatdor. Lekin Cisco akademiyalar jadallashtirilgan kurslarni taqdim etgan holda joylardagi trening - hamkorlar bilan raqobatlashishning tarafdori emas. Ushbu dastur òquv yurtida qòllanilishi uchun ishlab chiqilgan va sinovdan òtkazilgan. Uni kundalik sakkiz soatlik seminar mashġulotlarga moslashtirilishi notòġri bòlar edi. Bu maqsadlar uchun trening - hamkorlar uchun seminar kurslari mavjud.

Savol: Tòrtta kurs tugagach va imtihon topshirilgandan sòng òquvchilar oladigan sertifikat qanday nomlanadi?

Tizimlarni qòllab-quvvatlovchi sertifikatlangan Cisco mutaxassisi (CCNA).

Savol: Qanday qilib tizim faoliyatini yurituvchi talabalarning baholashga va testlardan foydalanish imkoniyatini chegaralash mumkin?

Tizimiy Akademiyaning testlari alohida Zip-kartrijda saqlanadi. U faqat imtihon kuni CiscoMicroWebserver ga kiritiladi, keyin esa chiqarib olinadi. Shu bilan birga mazkur òquv yurtining himoyalangan ma’lumotlari foydalanish imkoniyati cheklangan, ya’ni foydalanuvchini identifikasiya qilish va kalit sòzi vositasida komp’yuter xotirasida saqlanadi.

Savol: Òquvchilar òtkazgichni òrnatish bilan shuġullanadilarmi?

Ha, agar suġurta va kasaba uyushmasi yòl qòysa òquvchilar laboratoriya va òquv yurtida òtkazgichni òrnatishlari mumkin. Òquvchilar imkon qadar ushbu sohada katta tajriba tòplashlari lozim.

Информация, размещенная на сайте, охраняется законом о защите права на интеллектуальную собственность. Любое использование информации, размещенной на сайте, допускается только с письменного разрешения администрации сети UzSciNet.

Manzilimiz:

Toshkent, 700084, 
G.Mavlonov ko`chasi, 2

Tel.   (998) 71 137-60-55
Faks: (998) 71 137-60-54

E-mail: info@uzsci.net

UzSciNet loyihasi homiylari:

   United Nations Development Program  North Atlantic Treatment Organisation   

Virtual Silk Highway project

UzSciNet hamkorlik:

  
         
Research and Education in Uzbekistan    
WWW.UZ