CISCO tizimiy akademiya instruktorlarini òqitish
Savol: Mintaqaviy Akademiyalar instruktorlarini qanday tayyorlaydilar?
Mintaqaviy Akademiyalar instruktorlarini CISCO Akademiyasi Òquv Markazlarida
tayyorlaydilar (CiscoAkademyTraining Centers, CATC). Òqishning birinchi semestri
sakkiz kun davom etadi, ikkinchi semestri esa - besh kun, uchinchi va tòrtinchi
semestrlar esa hammasi bòlib olti kun davom etadi.
Savol: Mintaqaviy Akademiyalar instruktorlari uchun òquvlar qaerda
òtiladi?
Hozirgi kunda Yevropa mamlakatlari uchun mashġulotlar Buyuk Britaniyaning
Edinburg universitetida tashkil etiladi. Biz kelajakda Cisco Akademiyasining
òquv markazlarini Yevropaning boshqa davlatlarida ochmoqchimiz, chunki buning
natijasida yangi Mintaqaviy Akademiyalar eng yaqin joylashgan Òquv Markazlarini
tanlash imkoniga ega bòladilar. Shuningdek, mashġulotlar AQShning turli hududlarida
òtadi.
Savol: Mintaqaviy Akademiyalar instruktorlari òqituvchilarini òqitish
qanday òtadi?
Mintaqaviy Akademiyaning trenerlari Mahalliy Akademiya instruktorlar va òqituvchilarini
òqitadilar.
Savol: Mintaqaviy Akademiya instruktorlarining yol xarajatlari va shu
bilan boġliġ xarajatlarni kim tòlaydi?
Mintaqaviy Akademiya òqishga ushbu Akademiyadan yuborilgan bitta yoki ikkita
instruktorlarning yol haqini va shu bilan boġliġ xarajatlarni tòlaydi. Ushbu
xarajatlar Mahalliy Akademiyalarga òtadi.
Savol: Cisco yangi uskunalar va dasturiy taminotni bepul òrnatadimi?
Òqish davomida Mintaqaviy Akademiyalar har bir semestrning òquv dasturini
bajarish uchun uskunalarni òrnatishni òrganadilar. Instruktorlar uni qanday
amalga oshirish kerakligi va òqish uchun ularga nima kerak bòlishi mumkinligidan
xabar topadilar. Cisco shu bilan birga mintaqaviy Akademiya tomonidan tayyorlangan
laboratoriyada telefon orqali uskuna òrnatishga kòmaklashadi. Òz navbatida,
Mintaqaviy Akademiyalar Mahalliy Akademiyalarni qòllab-qovvatlaydilar.
|